Jamil
Hayoti
Uzra qabilasidan chiqqan Jamil (vafoti 701 yil) mashhur badaviy liriklardan biri hisoblanadi. Uning Buseynaga bo'lgan fojiali muhabbati haqidagi afsona o'rta asrlarda juda mashhur bo'lgan. Rivoyatlarga ko'ra, shoir o'z mahbubasiga ko'plab qasidalar bag'ishlagan, ammo unga sovchi qo'yishga uringanida, Buseynaning qarindoshlari uni qattiq g'azab bilan rad etganlar (badaviylarda o'z qabilasidan bo'lgan qizga she'r bag'ishlash va ayniqsa shunday uyatli qilmishdan keyin unga sovchi yuborish sharmandalik hisoblangan). Buseynani boshqa kimsaga turmushga beradilar, ammo Jamil mahbubasi bilan ko'rishishda davom etadi, bu bilan Buseyna erining qabiladoshlarini g'azablantiradi. Ularning taqibi tufayli shoir Yamanga, so'ngra Misrga qochishga majbur bo'ladi.
Ijodi
Jamil o'zining g'azallari bilan shuhrat qozongan, holbuki uning asarlari ichida an'anaviy badaviy madhiya va hajviyalar ham bo'lgan. Jamilning g'azallari Buseynaga bag'ishlangan. Ularda shoir eng alangali ifodalar orqali o'zining ehtirosli va sadoqatli muhabbati, mahbubasi uchun barcha to'siqlarni yengishga va hatto hayotini qurbon qilishga tayyorligi haqida so'z yuritadi.
uz.wikipedia.org