James Perch




James Robert Perch (talaffuzi: Jeyms Robert Perch) (1985-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, u „Mansfield Town“ jamoasida himoya va yarim himoyada sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



Nottingham Forest



Perch, Nottingemshire shtatining Mansfield shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini Nottingham Forestda boshlagan. U oʻzining debyut mavsumida 22 oʻyinida maydonga tushdi, Forest „Futbol Ligasi chempionati“dan tushib ketdi. Uning birinchi professional goli oʻsha mavsumda, „Futbol Ligasi kubogi“ning 3-raundida Doncaster Roversga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida kiritildi. Birinchi mavsumdan soʻng u qolish muddatini yana 2 yilga uzaytirish uchun yangi shartnoma imzoladi. U ligaga yangi koʻtarilgan "Newcastle United"ga oʻtishdan oldin Forest uchun 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.

Newcastle United



2010-yil 5-iyulda Perch "Newcastle United" bilan toʻrt yillik shartnoma asosida taxminan 1 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. Forest oʻsha yilning yanvar oyida „Newcastle“ning transfer taklifini rad etgan edi. U „Newcastle“ safida 2010-yilning 16-avgustida "Manchester United"ga qarshi oʻyinda (3:0) magʻlubiyatga uchragan. 2010-yil 18-sentabrda u ligadagi dastlabki beshta o‘yinda beshta sariq kartochka olgan birinchi futbolchi bo‘lib, Premer-liganing yangi rekordini o‘rnatdi. Uning „Newcastle“dagi yagona goli Premer-ligada „Old Trafford“da "Manchester United"ga qarshi oʻyinda kiritildi, ammo, jamoa 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Wigan Athletic



2013-yilning 3-iyulida Perch yaqinda Angliya kubogi sohibi boʻlgan „Wigan Athletic“ga o‘tib, klub bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi oshkor etilmagan, biroq 750 ming funt atrofida boʻlishi taxmin qilingandi. Perch 2013-yilning 3-avgustida „Wigan“ uchun ligadagi debyutini mehmonda „Barnsley“" ustidan 4:0 hisobida o‘tkazdi. U klubdagi ilk golini 2014-yilning 9-martida Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Manchester City"ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritib, „Wigan“ga ketma-ket ikkinchi yil Angliya kubogi yarim finaliga chiqishga yordam berdi.

Queens Park Rangers



2015-yilning 31-iyulida Perch Chempionshipning „Queens Park Rangers“ klubi bilan nomaʼlum to‘lov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. Perch oʻzining debyutini 2015\2016-yilgi chempionat mavsumining birinchi oʻyinida oʻtkazdi, natijada „Charlton Athletic“ga qarshi 2:0 hisobida magʻlub boʻldi, u butun oʻyin daqiqasini oʻynadi.

Scunthorpe United



U 2018-yilning avgustida „Scunthorpe United“ga kelib, ikki yillik shartnoma imzolagan.

Mansfield Town



Perch 2020-yil avgust oyida o‘zining tug‘ilgan shahri „Mansfield Town“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U 2021-yil avgust oyida bosh suyagini sindirib olgan, bu esa uni 2021\2022-yilgi mavsumda maydonga tusha olmasligiga sabab bo‘lgandi. Perch 2022-yilning yanvarida kutilganidan tezroq mashgʻulotlarga qaytdi. va 15-mart kuni Port „Vale“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga qaytdi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Yutuqlari



Nottingham Forest

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz