James M. Buchanan




BYUKENEN (Buchanan) Jeyms Makl-Gil (1919.3.10-2013.9.01) — amerika iqtisodchisi. 1948-yilda doktorlik ilmiy darajasini olgan. B. narx belgilash jarayoniga katta eʼtibor qaratib, iqtisodiy taraqqiyotda narx omillari muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. B.ning fikriga koʻra, ishlab chiqarish va narxni xukumat tomonidan nazorat qilinishiga favqulodda hollardagina yoʻl qoʻyilishi lozim, lekin ayni paytda erkin tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida iqtisodiyot ishlariga davlatning aralashuvini kuchaytirishni yoqlaydi. B. ijtimoiy tanlov nazariyasi asoschisi. Moliyaviy masalalarga oid qator monografiyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1986).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz