James Garner
James David Garner (talaffuzi: Jeyms Devid Garner) (2001-yil 13-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. James Garner Angliya Premer-ligasi vakili „Everton“ futbol klubi va Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Manchester United
Dastlabki faoliyat yillari James Garner Merseysidedagi Birkenhead shahrida tugʻildi. James Garner 8 yoshgacha boʻlgan „Manchester UnIted“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. James Garner dastlab 15 yoshigacha markaziy himoyachi sifatida oʻynadi va undan keyin yarim himoyachi pozitsiyasiga oʻtdi. James Garner 2016—2017-yilgi mavsum oxirida „Manchester United“ futbol klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasi uchun ilk oʻyinlarini „Arsenal“ va „ Blackburn Rovers“ futbol klublariga qarshi oʻyinlarda oʻtkazdi. James Garner 2017-yil iyul oyida klub asosiy jamoasi bilan akademiya bitiruvchisi sifatida shartnoma imzoladi. 2017—2018-yilgi mavsumda James Garner „Manchester United“ futbol klubi Premer-liga chempioni boʻlganida barcha musobaqalarda (24 ta oʻyinda) toʻrtta gol urdi. Ammo, James Garner terma jamoa safida ham oʻynayotganligi uchun „Chelsea“ futbol klubiga qarshi musobaqa finalini oʻtkazib yubordi.
2018—2019-yilgi mavsum "Manchester United" futbol klubi 2018—2019-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganligi sababli, James Garner 12-dekabr kuni „Valencia“ futbol klubiga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinida asosiy jamoa tarkibiga qoʻshildi. James Garner „Manchester United“ futbol klubining 2018—2019-yilgi Angliya kubogi 3-raundida 2019-yil 5-yanvarda „Reading“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻrinbosar sifatida tayinlandi.
15-mart kuni James Garner klub bilan imzolangan shartnoma muddatini uzaytirdi va bu shartnoma James Garnerni „United“ safida 2022-yilning iyuniga qadar qoldirdi.
2019—2020-yilgi mavsum James Garner akademiyadagi hamkasblari Angel Gomes, Tahith Chong va Mason Greenwood bilan birga asosiy jamoaning yozgi gastrollariga qatnashdi. James Garner „Perth Glory“ futbol klubiga qarshi birinchi mavsumoldi oʻyinining 83-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oʻzining ilk golini kiritishga muvaffaq boʻldi.
2020—2021-yilgi mavsum: Watford (ijara) 2020-yil 18-sentyabrda James Garner „Watford“ futbol klubi jamoasi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi. Xisco Muñoz „Watford“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng 2021-yilning 30-yanvarida James Garnerning ijarasi bekor qilindi.
Nottinham Forest (ijara) 2021-yilning 30-yanvarida James Garner 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun „Nottinham Forest“ futbol klubi jamoasiga ijaraga oʻtdi. James Garner klubdagi birinchi golini 2021-yil 26-fevralda Pride Park stadionida (1:1 hisobi bilan yakunlangan) „Derby County“ futbol klubi darvozasiga kiritdi Mavsum yakunlangach, James Garner mavsumoldi mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun „Manchester United“ futbol klubiga qaytdi. 2021-yil 22-avgustda James Garner „Manchester United“ futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan soʻng, 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Nottinham Forest“ futbol klubiga bir mavsumga ijaraga qaytdi. Keyingi mavsum oldidan „Manchester United“ futbol klubi James Garner sotuvga qoʻyilganini eʼlon qildi, bu qaror muxlislarning jiddiy eʼtiroziga sabab boʻldi.
Everton
2022-yil 1-sentyabrda James Garner „Everton“ futbol klubi bilan 9 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
James Garner Angliyaning 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoalari tarkibida xalqaro maydonda Angliya sharafini himoya qildi. James Garner 2018-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqqan Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga sardorlik qildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org