James Webb kosmik teleskopi




Jeyms Uebb kosmik teleskopi ( JWST ) infraqizil spektrdagi astronomiya uchun moʻljallangan maxsus kosmik teleskopdir . Udagi yuqori aniqlikdagi va oʻta sezgir qurilmalar, Hubble kosmik teleskopi uchun kuzatish juda qiyin boʻlgan, eng qadimiy, uzoq masofadagi zaif ob’ektlarni koʻrish imkonini beradi. Bu astronomiya va kosmologiyaning koʻplab sohalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish imkonini beradi, masalan, dastlabki yulduzlarni kuzatish va dastlabki galaktikalarning shakllanishi va yashab qolish imkoni yuqori boʻlgan ekzosayyoralar atmosferasining batafsil tavsifi.

Webb 2021-yil 25-dekabrda Fransiya Gvianasining Kuru shahridan Ariane 5 raketasida uchirilgan va 2022-yil yanvar oyida Quyosh-Yer L 2 Lagrange nuqtasiga yetib kelgan. James Webbning ilk surati 2022-yil 11-iyulda matbuot anjumani orqali ommaga eʼlon qilingan

Webbning asosiy oynasi oltin bilan qoplangan berilliydan yasalgan va 18 ta olti burchakli oyna segmentlaridan iborat boʻlib, 2.4 m (7 ft 10 in) diametrli Hubble bilan solishtirganda ular birgalikda 6.5-meter-diameterli (21 ft) koʻzguni hosil qiladi, . Bu Webbga taxminan 25 kvadrat metrli yorugʻlik yigʻish maydonini hosil qilish imkonini beradi, bu Hubblenikidan olti marta katta hisoblanadi. Yaqin ultrabinafsha, koʻrinadigan (0,1 dan 0,8 gacha) mkm) va yaqin infraqizil (0,8-2,5 μm) spektrlarda kuzatish olib boruvchi Habbldan farqli oʻlaroq, Webb pastroq chastota diapazoni, yaʼni, uzun toʻlqin uzunlikga ega koʻrinadigan yorugʻlikdan (qizil) oʻrta infraqizilgacha (0,6-28,3  μm) kuzatadi. Teleskop juda sovuq, 50 K (−223 °C; −370 °F) dan past haroratda saqlanishi kerak, shunda teleskopning oʻzi chiqaradigan infraqizil yorugʻlik toʻplangan yorugʻlikka toʻsqinlik qilmaydi. U Quyosh-Yer L Lagrange nuqtasi yaqinidagi quyosh orbitasida joylashtirilgan boʻlib, u Yerdan taxminan 1.5 million kilometer (930,000 mi) masofada. Uning besh qavatli quyosh pardasi uni Quyosh, Yer va Oyning taʼsirida isishladan himoya qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz