James Daly




James Stanley Daly (talaffuzi: Jeyms Stenli Deyli) (2000-yil 12-yanvarda tugʻilgan) —angliyalik futbolchi. James Daly Milliy liga vakili „Woking“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



James Daly Sharqiy Sussexning Brighton shahrida tugʻilgan. Daly „Brighton & Hove Albion“ futbol klubini qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq, „Crystal Palace“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.

Klubdagi faoliyati



Crystal Palace



James Daly 14 yoshida „Crystal Palace“ futbol klubining akademiyasiga qoʻshildi.

2018-yilning 7-aprelida James Daly AFKning „Bournemouth“ futbol klubiga qarshi safar oʻyinida klubning asosiy tarkibiga kiritildi.

2018-yilning may oyida James Daly klubning „Yil oʻyinchisi“ deb topildi va iyul oyida klub bilan bir yillik professional shartnoma imzoladi.

2018-yil avgust oyida Daly „Kingstonian“ futbol klubi jamoasiga 2018—2019-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berildi.

2019-yilning iyun oyida Daly „Crystal Palace“ futbol klubi bilan shartnomani uzaytirdi.

Bristol Rovers



2020-yil 31-yanvarda James Daly ikki yarim yillik shartnoma asosida EFL Birinchi ligasi vakili „Bristol Rovers“ futbol klubiga qoʻshildi. U „Bristol Rovers“ futbol klubi safida 29-fevral kuni „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (0:1) ilk oʻyinini oʻtkazdi. 2020-yil 10-oktyabrda Daly klub uchun oʻzining birinchi golini urdi.

Stevenage



James Daly 2021-yilning 2-iyunida Ikkinchi liga vakili „Stevenage“ futbol klubi safiga bepul transfer asosida qoʻshildi.

Woking



2022-yil 2-iyunda James Daly „Stevenage“ futbol klubini tark etganidan soʻng, bir yillik shartnoma asosida Milliy liga vakili „Woking“ futbol klubiga oʻtishga rozi boʻldi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz