James Watson




James Watson (1928.6.4, Chikago, AQSH) — amerakalik biokimyogar. Molekulyar biol.ning asoschilaridan. AQSH Fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957). Chikago universitetini tugatgan (1947). Indiana, Kopengagen (195051), Kembrij (195153, 1955—56) untlarida, Kaliforniya texnologiya institutida (1953—55), Garvard universitetida (1956-yildan) ishlagan. AQSH prezidentining fan boʻyicha maslahatchisi (1962-yildan), NyuYork shtatidagi KoldSpringArbore laboratoriya direktori (1968-yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biol.ga oid. F. Krik bilan hamkorlikda DNK (qarang Dezoksiribonuklej kislota) molekulasining kush spiralli modelini ishlab chiqqan. Bakteriyalar ribosomalari va ularning oqsil biosintezidagi ahamiyatini oʻrgangan. Viruslar strukturasini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan. Nobel mukofoti laureati (1962, F. Krik va M. Uilkinson bilan hamkorliqsa).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz