James A. Robinson




James Alan Robinson (talaffuzi: Jeyms Alan Robinson; 1960-yil 27-fevral) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. 2015-yildan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori, shunigdek, maktabning global mojarolarni oʻrganish va hal qilish boʻyicha Pearson institutining direktoridir. Olim 2004—2015-yillarda Harvard universitetida dars bergan, bundan tashqari Kaliforniya, Janubiy Kaliforniya va Melburn universitetlarida ham faoliyat yuritgan.

Olim asosan qiyosiy-iqtisodiy tahlil va uzoq davrlardagi siyosiy taraqqiyot, jumladan, Janubiy Amerika va Janubiy Sahroi Kabirdagi jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Daron Acemoglu (talaffuzi: Daron Ajemoʻgʻli) bilan hammualliflikda „Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy manbalari“ (2006), „Mamlakatlar tanazzuli sabablari“ (2012) va „Tor koridor“ (2019) kabi kitoblarni yozishgan.

Tarjimayi holi



Robinson 1960-yil 27-fevralda Buyuk Britaniyada tavallud topgan. Dastlab London School Economics (tarjimasi „London iqtisodiy va siyosiy fanlar maktabi“) da (BSc, 1982), soʻngra Uorik universiteti (magistr, 1986), Yel universitetida (PhD, 1993) iqtisodni oʻrgangan. 1992—1995-yillari Melbrun universitetida dars bergan, 1995-—1999-yillarda Janubiy Kaliforniya universitetida assistent-professor, 1999—2004-yillari Berklidagi Kaliforniya universitetida dastlab assistent-professor, 2001-yildan esa dotsent (associate professor) boʻlib ishlagan. 2004-yilda Harvard universiteti davlat boshqaruv kafedrasi professori boʻlgan. 2015-yil 1-iyuldan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mongoliyaga birinchi tashrifi chogʻida olim 2016-yil 9-mayda Mongoliya Milliy universiteti faxriy doktori unvoni bilan taqdirlanadi.

Ilmiy asarlari



Kitoblar




Maqolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz