James A. Garfield
James Abram Garfield (talaffuzi: Jeyms Abram Garfild; 19-noyabr 1831-yil — 19-sentyabr 1881-yil) Amerika Qoʻshma Shtatlarining 20-prezidentidir. Bu lavozimda 1881-yil 4-martdan to oʻlimiga (lavozimga kirishganidan olti oy oʻtib) qadar faoliyat yuritgan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Garfield AQSh tarixida prezident etib saylangan yagona Vakillar palatasi aʼzosi boʻlgan.
Garfield Ohio shtatining Moreland Hills shahrida qashshoq oilada tugʻilib oʻsgan. Williams kollejini tugatgach, huquqshunoslikni oʻqidi hamda prokuror boʻldi. 1859-yili Ohio shtati senatiga saylandi. Amerika fuqarolar urushi paytida Ittifoq armiyasida general-mayor sifatida xizmat qilib, Middle Creek, Shiloh va Chickamauga janglarida qatnashdi. Garfield 1862-yili Kongressga saylandi. U Kongressdagi faoliyati davomida oltin standartni qoʻllab-quvvatladi hamda mahoratli notiq oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi.
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org