JAMBUL ZILZILASI



JAMBUL ZILZILASI – 1917 yil 10 mayda soat 14 dan 51 minut o’tganda Qozog’istonning Jambul viloyatida ro’y bergan. Zilzila episentri Qirg’iziston tizmasi (Qirg’iziston olatovi)ning g’arbiy chekkasida qariyb 20 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi episentrda (Jalpoqtepa va Grodekovo qishloqlari) 7 ballga, magnitudasi 5,7 ga etgan. Bu joylardagi binolarning ko’p qismi shikastlangan. Yer qimirlash zilzila o’chog’i atrofidagi 90 dan ortiq shahar va qishloqlarda qayd qilingan. Tebranishlar Bishkekdan tortib Andijon va Toshkentgacha sezilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz