Jambul (tuman, Shimoliy Qozogʻiston viloyati)





Jambul tumani  — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan hudud. Avvalgi Presnov va Jambul tumanlarini biriktirishi natijasida (1997) tashkil topdi. Maydoni 7,46 ming km. Aholisi 23,397 kishi (2013), oʻrtacha zichligi 1 km-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Presnovka qishlogʻi. Tuman hududidan gʻarbdan sharqqa tomon davlat ahamiyatiga ega Qoʻstanay — Petropavlovsk avtomobil yoʻli, shimoldan janubga tomon Qorgʻan — Novoishim temir yoʻli oʻtadi.

Aholisi



Tuman aholisi 23,397 kishi (2013), oʻrtacha zichligi 1 km-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013)

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat −18 — 19 °C, iyulda 20 °C. Ayrim yillarda qishda −40 °C qahraton, iyulda esa 40 °C-dan yuqori darajada issiq boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 mm-dan 350 mm-gacha boʻladi. Uning asosiy qismi yilning iliq mavsumida yogʻadi. Tumanda doimo shamol esib turadi. Yozda shimoliy va gʻarbiy shamollar, qishda janubi-gʻarbiy shamollar esadi. Ularning oʻrtacha tezligi 4 — 4,5 m/s, yozda esa issiq kunlari esadigan shamolning tezligi. 6 – 10 m/s.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz