Jambil (Qatonqaragʻay tumani)
Jambil (qozoqcha: Жамбыл) — Qozogʻistonning Sharqiy Qozogʻiston viloyati Qatonqaragay tumaniga qarashli qishloq. Jambil qishloq okrugining maʼmuriy markazi hisoblanadi. KATO kodi - 635435100.
Geografik joylashuvi
Buxtarma daryosining oʻng qirgʻogʻida, yuqori oqimida joylashgan. Daryoning qarama-qarshi qirgʻogʻida Uril qishlogʻi mavjud.
Aholisi
1999-yilda qishloq aholisi 847 kishini (402 erkak va 445 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 534 kishi (268 erkak va 266 ayol) yashagan.
Manbalar
[[Turkum:Qozogʻiston aholi punktlari]]
{{Kz-geo-stub}}
uz.wikipedia.org