Jambil




Jambil (Satureja hortensis) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik xushboʻy oʻsimlik. Tarkibida efir moyi, alkaloidlar, oshlovchi moddalar, fitonsidlar bor. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda ziravor oʻsimlik sifatida ekiladi. Xonadonlarda dastlab urugʻini sepib, soʻngra niholini koʻchat qilib yetishtiriladi. Boʻyi 20—30 sm, poyasi yuqori qismidan shoxlaydi, barg chetlari tekis. Gullari pushti, boshoqsimon toʻpgullarga yigʻilgan, poya va shoxlarining uchiga joylashgan. Iyul—okt.da gullab, urugʻlaydi. Pazandalikda shoʻrva va suyuq oshlarga shoxchasi bilan solinadi. Meʼda-ichak kasalliklarini davolashda va yoʻtal, tish ogʻrigiga qarshi qoʻllash mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz