Jalyuzi




Jalyuzi (frans. jalousie) — 1) xonalarni quyosh nuri, yogʻin-sochin va b.dan muhofaza qilish uchun derazalarning tashqi tomoniga oʻrnatiladigan panjarasimon moslama. Temir-beton, alyuminiy, plastmassa, yogʻoch va b. materiallardan bir-biriga parallel oʻrnatilgan plastinkalar tarzida yasaladi. J. yordamida xonaga tushadigan yorugʻlikni va kiradigan havoni bir meʼyorda tutib turish mumkin; 2) ichki yonuv dvigatelining sovitish tizimida radiator oldiga oʻrnatiladigan metall plastinkalar. Haydovchi kabinada oʻtirib J. yordamida radiatorni sovitadigan havo oqimini rostlab turishi mumkin. J. koʻpincha, radiatorning yuqori bakchasiga oʻrnatiladigan va radiatordagi sovituvchi suyuqlikning temperaturasiga qarab plastinkalarning vaziyatini oʻzgartiradigan termostat yordamida oʻz-oʻzidan boshqariladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz