Jalolobod zilzilasi




Jalolobod zilzilasi - 1959-yil 28 mayda Fargʻona vodiysining sharqiy qismida Jalolobod sh. yonida sodir boʻlgan. Zilzila kuchi epitsentrda 7 ball, magnitudasi 5,3. Zilzila 18 km chuqurlikda joylashgan granit qatlamlar orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida roʻy bergan. Zilzila oqibatida Jalolobod sh. va unga yaqin boʻlgan aholi yashaydigan yerlarda bir kancha imoratlar buzilgan. Zilzila kuchi Oʻzbekistonning Xonobod, Andijon, Uchqoʻrgʻon va Namangan sh.larida 3—4 ball atrofida sezilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz