JALOLOBOD ZILZILASI – 1959 yil 28 mayda Farg’ona vodiysining Sharqiy qismida Jalolobod shahri yonida sodir bo’lgan. Zilzila kuchi episentrda 7 ball, magnitudasi 5,3. Zilzila 18 kilometr chuqurlikda joylashgan granit qatlamlar orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida ro’y bergan. Zilzila oqibatida Jalolobod shahri va unga yaqin bo’lgan aholi yashaydigan yerlarda bir qancha imoratlar buzilgan. Zilzila kuchi O’zbekistonning Xonobod, Andijon, Uchqo’rg’on va Namangan shaharlarida 3-4 ball atrofida sezilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish