Jaloliddin Sobitovich Oxunov




Jaloliddin Sobitovich Oxunov (15-iyun 1932 — Fargʻona — 14-iyun 1996) — aktyor, xonanda (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1980). 1946—96 yillar Fargʻona teatrida ishlagan. Tohir (S.Abdulla, "Tohir va Zuxra"), Ravshan, Haydar (Komil Yashin, T.Jalilov, "Ravshan va Zulxumor", "Nurxon"), Norboyvachcha (Hamza, X.Toʻxtasinov, "Paranji sirlari"), Niyoz (I.Sulton, "Nomaʼlum kishi"), shaqar hokimi (N.Gogol, "Revizor"), Nuroxun (J.Mashrabiy, M. Murtazayev, "Qumrining murodi") va boshqa rollari bilan shuh-rat qozongan. Oxunov ijodiga jasur, matonatli kishilar obrazi yaqin boʻlib, qahramonlari harakterniy, ularning ichki kechinmalarini kuchli ehtiros orqali toʻliq ochib berish xos. Xonanda sifatida "Baland togʻlar", "Ey goʻzal", "Raqqosaga", "Barnoga oʻxshatdim", "Vaʼda berding", "Sendan boʻlak" sin-gari qoʻshiqlari bilan ham tanilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz