Jaloliddin Masharipov
Masharipov Jaloliddin Qadamboy oʻgʻli (1993-yil 1-sentyabr, Urganch) — oʻzbek futbolchisi, „Panserraikos F.C.“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati
Jaloliddin Masharipov 1993-yil 1-sentyabr kuni Urganch shahrida tugʻilgan. Jaloliddin Masharipov 2013-yilgacha „Paxtakor“ jamoasida toʻp surgan. 2013-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2017-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boʻlgan. 2021-yilda Jaloliddin Masharipov „Al-Nasr“ jamoasiga kelib qoʻshilgan.
Paxtakordagi faoliyati
Masharipov „Paxtakor“ tarkibida Superliganing 141 ta uchrashuvida qatnashib, 24 ta gol urgan. Osiyo chempionlar ligasida 29 ta oʻyinda — 4 ta, mamlakat kuboklarida 30 ta oʻyinda ishtirok etib, 5 ta gol urgan.
Lokomativdagi faoliyati
Jaloliddin Masharipov „Lokomativ“ tarkibida 2017-yil koʻrsatkichlari boʻyicha „Lokomativ“ning 6 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urgan va 2018-yili „Lokomativ“ tarkibini tark etgan.
Al-Nasrdagi faoliyati
2021-yilda Jaloliddin Masharipovni „Al-Nasr“ sotib olgan. Shu yili Jaloliddin Masharipov bir mavsum ichida 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2023-yil 17-avgustda Masharipov „Al Nasr“ jamoasi bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qildi.
2023-yil 27-sentybarda Gretasiyaning "Panserraikos F.C." jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati
2016-yilda ilk bor Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) safiga Jaloliddin Masharipov chaqirilgan. Uning birinchi oʻyini Koreya (u-23) terma jamoasiga qarshi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Koreyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Uning terma jamoadagi birinchi yirik turniri 2019-yilda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo chempionati boʻlgan. Osiyo chempionatida Masharipov 3 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
6-yanvar, 2023-yil holatiga koʻra[5][6]
Xalqaro
14-iyun, 2022-yil holatiga koʻra
Xalqaro gollar
Mukofotlari
Lokomotiv Toshkent
Paxtakor
Individual
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org