Jalol Nosirovich Maxsumov




Jalol Nosirovich Maxsumov (1920.5.12 - Toshkent - 2000.20.5) - rentgenradiolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Rossiya Tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1969), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1954). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1942). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rengenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedrasida assistent, dotsent (1948—54), professor (1954—62), 1962-yildan kafedra mudiri, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Ilmiy tibbiyot kengashining raisi. Oʻt pufagi kasalliklarining klinik diagnostikasida bilitrast preparati yordamida xoletsistografiya qilish usulini amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy faoliyati, asosan, meʼda-ichak, oʻt yoʻllari va oʻpka kasalliklarini rentgenradiologik usulda aniqlashga, oʻpka kasalliklari hamda oʻsmalarni rentgen nurlari va gamma-nurlar bilan davolashga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz