Jalilov Hakim
Hakim Jalilov — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining IV, V, IX, X chaqiriqlari deputati.
Tarjimayi holi
1916-yilda tavallud topgan. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan. 1935-yildan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol. 1935—1985-yillarda zavod shogirdlik maktabida usta. Tuman mexanigi, temir yoʻl xoʻjaligi boshligʻi, Farhod GESida temir yoʻl qurilishi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Farg‘ona viloyat partiya qo‘mitasi kotibi. Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi (1957—1961), Guliston tuman kommunistik partiyasi komitetlari birinchi kotibi. Transport, mexanizatsiya va energetika boshqarmalari boshlig‘i, „Glavsredazirsovxozstroy“ bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining IV, V, IX, X chaqiriqlari deputati.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org