Jalilov Dehqon




Dehqon Jalilov (1930.2.6, Andijon — 1992.7.6, Fargʻona) — oʻzbek dirijyori, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1980). Moskva oʻzbek opera studiyasining simfonik orkestr dirijyorligi bulimini tugatgan (1951), Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetida sirtdan taʼlim olgan (1953—56). Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri (1941—47), Andijon (1954— 55), Buxoro (1956—59), 1960-yildan Fargʻona musiqali drama teatrlarida dirijyor. "Xolisxon" (Hamza, 1950), "Nomaʼlum kishi" (I. Sulton, 1965) kabi musiqali dramalar, "Yangi yerda" (T. Tula), "Sanʼatchi qizga", "Bazmi gul yori bulsa" (P. Moʻmin), "Yor kutib" (T. Mahmudov), "Zamonam mening" (H. Muhammad) va b. kushiklar muallifi. T. Jalilovning saylanma asarlari toʻplami — "Qoʻshiklar guldastasi"ni nashr ettirgan (1989).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz