Jalilov Abduhafiz




Abduhafiz Jalilov (1869 — Samarqand — 1954) — duradgor, yogʻochsoz usta, naqqosh. Samarqand meʼmorlik maktabining vakili. Dastlab usta Neʼmatdan hunar oʻrgangan. Sinchli uy qurish, eshik, sandiklarga bezaklar yasash, islomiy naqshlar chizishga mohir boʻlgan. Us t a Fayzulla bilan birga ishlagan, usta Abduqodir muhandis Boqiyev guruhida ishlab, undan muqarnas va gyryh tuzish sirlarini puxta egallagan. Samarqanddagi Kalontarov uyi (hoz. Oʻzbekiston xalqdari madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi binosi), Xoʻja Ahror masjidining murakkab shaklli shiftlarini ishlagan, Xoʻja Yusuf masjidi va b. jamoat binolarini qurgan, bezagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz