Jalil Hakimov
Hakimov Jalil (1920. 16.5 - Toshkent — 1980.29.10) — naqqosh. Toshkent naqqoshligining yirik vakili; Oʻzbekiston xalqrassomi (1969). Toshkent badiiy oʻquv-ishlab chiqarish kombinatida Olimjon Qosimjonovsgn taʼlim olgan (1935—38). 1948-yilgacha umumiy taʼlim maktablarida oʻqituvchi, 1948-yildan Ostrovskiy nomidagi pi-onerlar saroyida toʻgarak rahbari, 1951-yildan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida naq-qoshlikdan dars bergan. H. qogʻoz, yogʻoch, ganchga boʻyama naqsh ishlash sanʼati (ay-niqsa handasiy naqshlar yechimi)ni puxta egallagan, usta ijodida gulli girihni koʻp qoʻllab ajoyib bezaklar ishlagan; u yaratgan naqshlar, mujas-samotlar aniqligi, mayda qismlarga boyligi, oʻziga xos yorqin yashil rangli koloriti, ranglar uygʻunligi hamda nafosati bilan diqqatga sazovor. Toshkentdagi "Moviy gumbazlar" choyxonasi (1970); Toshkent markaziy univer-magi (1971), Toshkent vokzali (1978) va boshqa jamoat binolaridagi naqshin bezaklar ustaning mahoratidan darak beradi. H., shuningdek, meʼmoriy obi-dalar (Amaliy sanʼat muzeyi binosi va boshqalar)ni taʼmirlashda qatnashgan. H. bezagan xontaxta, kursi, quticha va boshqa buyumlar respublika va chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda namoyish etilib, yuqori baholangan. Ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi. H. koʻplab shogirdlar (A. Ilhomov, K. Karimov, M.Toʻrayev va boshqalar) yetishtirgan.
Havolalar
uz.wikipedia.org