Jalaquduq




Jalaquduq (1976-yilgacha — Soʻfiqishloq) — Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shahar (1976-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Gurunchmozor. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 25 km. O.dan Andijon — Xonobod magistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 20,8 ming kishidan ziyod (2003).

Oxunboboyev paxta tozalash, podshipnik zavodlari, momiq fabrikasi, makka saralash korxonasi, MTP, Andijon-telekom boʻlimi, „Jalolquduq—Sharob“ vino ishlab chiqarish korxonasi, 2 ta novvoyxona, Paxtabank, Hamkorbank, Tadbirkorbank boʻlimlari, dehqon bozori bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz