Jake Chelios
Jake Chelios (talaffuzi: Jeyk Cheliyos) (1991-yil 8-martda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachisi. Jake Chelios hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Jake Chelios Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan. U 2022-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Xitoy sharafini himoya qilgan.
Oʻyin faoliyati
Dastlab, Jake Chelios xokkeychilik faoliyatini „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safida boshladi. Keyinchalik, Jake Chelios Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Chicago Steel“ xokkey klubi bilan faoliyatini oʻsmirlar davom ettirdi. uNDAN SOʻNG, Jake Chelios Big Ten konferensiyasida Michigan shtat universiteti xokkey jamoasi bilan kollegial xokkey oʻynashga qaror qildi.
Jake Chelios 2013—2014-yillardagi mavsumida AHL vakili „Chicago Wolves“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi.
Jake Chelios 2015—2016-yilgi mavsumda „Charlotte Checkers“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi. Jake Chelios klub safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 31 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Undan soʻng, Jake Chelios 2016-yil 22-aprelda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan NHLdagi birinchi shartnomasini imzoladi. U 2017-yil 27-iyun kuni „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan yana yangi shartnoma imzoladi.
2018-yilning 1-iyulida u „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Jake Chelios 2019-yil 1-iyulda „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda NHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu voqeadan soʻng, Jake Chelios „Red Wings“ klubi tarixidagi oltinchi ota-oʻgʻil xokkeychilar juftligi boʻldi (Sid va Gerry Abel, Adam va Andy Brown, Bill va Peter Dineen, Gordie va Mark Howe va Jimmy Peters Sr. va Jimmy Peters Jr.).
Jake Chelios erkin agent sifatida 2019-yil 23-may kuni Xitoyning "Kunlun Red Star" xokkey klubi bilan ikki yillik shartnomaga rozilik berib, xorijdagi faoliyatini boshladi.
Shaxsiy hayoti
Chelios xokkeychi Chris Cheliosning oʻgʻlidir.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org