Jahonobod masjidi




Jahonobod masjidi - Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1912). Mahalliy boy Madalibobo buyurtmasi bilan Isaboy Hoji oʻgʻli rahbarligida qurilgan. Masjid tarhi 15,2x15,6 m, ikki ustunli xona va uning oldida (sharq tomonga tutash) qurilgan ayvondan iborat. Xonaqoh va ayvon ichki devorlari ganch bilan suvalgan. Mexrob va tokchalari bor. Ayvon devoridagi namoyonlar manzarali naqsh gullar, shift esa girih, hovuzak, muqarnas bilan bezatilgan. J. m.ni qoʻqonlik naqqoshlar usta Boybobo va uning oʻgʻli Gʻani bezagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz