Jahongir Zaynalov




Jahongir Rasulovich Zaynalov (1950-yil 30-aprel, Samarqand shahri, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (1992), professor (1994).

Biografiyasi



Jahongir Zaynalov 1950-yil 30-aprelda Samarqand shahrida tuʻgilgan. 1967—1971-yillarda Samarqand kooperativ instituti iqtisod fakultetida tahsil olgan. 1971—1972-yillarda Buxoro kooperativ texnikumi o‘qituvchisi, 1972—1973-yillarda harbiy xizmatda, 1973—1976-yillarda O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyati paxtachilik sovxozlari tresti katta iqtisodchisi, 1975—1976-yillarda viloyat qorako‘lchilik tresti katta iqtisodchisi, 1976—1979-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Savdo va iqtisod“ kafedrasi assistenti, 1979-yilda „Moliya va kredit“ kafedrasi assistenti, 1982—1987-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Moliya va kredit“ kafedrasi mudiri, 1987—1989-yillarda „Moliya va statistika“ kafedrasi dotsenti, bir vaqtning
o‘zida „Hisob va iqtisod“ fakulteti dekani, 1992—1993-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Tahlil va moliya“ kafedrasi dotsenti, 1993—1997-yillarda „Moliya va kredit“ kafedrasining mudiri, bir vaqtning o‘zida 1994-yildan „Soliq va soliqqa solish“ markazi rahbari, 1997—2004-yillarda „Moliya va kredit“ kafedrasi mudiri, sonʻgra „Moliya va kredit“ fakulteti dekani, 2004-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Moliya va sug‘urta xizmatlari“ kafedrasi mudiri va „Bank-moliya xizmatlari“ fakulteti dekani, 2004—2013-yillarda „Moliya va sug‘urta xizmatlari“ kafedrasi mudiri, 2013—2016-yillarda magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2016—2020-yillarda „Moliya va sug‘urta xizmatlari“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 2020-yildan „Moliya“ kafedrasi mudiri.

Ilmiy faoliyati



1979—1981-yillarda Moskva xalq xo‘jalik instituti aspiranturasida, 1989—1992-yillarda Rossiya iqtisodiy akademiyasining doktoranturasida oʻqigan. Xalqaro Yevroosiyo iqtisodiyot akademiyasining akademigi (2006), Texnologiyalarni rivojlantirish xalqaro akademiyasining akademigi (2007).

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz