Jahongir Vohidov
Jahongir Tohirovich Vohidov (1995-yil 27-aprel, Samarqand, Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik shaxmatchi, 2014-yilda grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Tromso shahrida o‘tkazilgan 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi (2014-yil)da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida dona surgan. Shaxmatning rapid yoʻnalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni (2015-yil). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olibi. Oʻzbekiston iftixori medali sohibi.
Faoliyati
Jahongir 2013—2014- va 2015—2016-yillarda Hastings xalqaro shaxmat kongressining gʻolibi boʻlgan. Sportchi 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan va musobaqaning birinchi bosqichida Peter Svidler tomonidan magʻlubga uchratilgan edi.
U, shuningdek, shaxmat bo‘yicha 2021-yilgi Jahon kubogiga yo‘llanmasiga ega chiqadi. Turnirda 137-o‘rinni egallab, birinchi bosqichda Levan Pantsulaiani 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etgan. Ikkinchi bosqichda to‘qqizinchi raqam ostida tasniflangan Leinier Domínguez Pérezni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaqa boʻladi. Uchinchi bosqichda esa Pavel Ponkratovdan mag‘lubiyat qabul qilib olishga majbur bo‘ladi.
Vahidov 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida so‘nggi turning hal qiluvchi o‘yinida 4-doskada Max Warmerdamni mag‘lub etib, o‘yin natijasini O‘zbekiston foydasiga hal qildi va ularga Olimpiadada g‘olib chiqish imkonini taqdim etdi. Ushbu olimpiadada sportchi oʻz doskasida individual natijalar boʻyicha oltin medalni ham qoʻlga kiritadi. Olimpiada doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tarkibida, Jahongir Vahidov bilan birgalikda, Nodirbek Abdusattorov (18 yosh), Shamsiddin Vohidov (20 yosh), Javohir Sindarov (17 yosh), Nodirbek Yoqubboyev (20 yosh) kabi sportchilar ham mamlakat sharafini himoya qilishgan.
Natijalar jadvali
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org