Jahongir Qosimov




Jahongir Qosimov  — taniqli oʻzbek rejissyori.

1958-yil 2-dekabrda Toshkentda tugʻilgan. U 1984-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. 1977-1979 yillarda Harbiy xizmat o'tagan. 1976-yildan „O'zbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor yordamchisi bo'lib ishlagan. 1984-2005 yillarda „O'zteleradio kompaniya“ tizimida rejissyor, bosh direktor, eng yuqori toifali rejissyor sifatida ishlagan.
„O'zteleradio kompaniyasi“ da ishlagan yillarida o'nlab televizion dasturlar, videofilmlar tayyorlagan. 2004-yilda „O'zbekfilm“ kinostudiyasida „Dev bilan pakana“, 2007-yilda „18 Kvadrat“, 2009-yilda „Suv oqalab“ to'liq metrajli badiiy filmlar yaratildi. „O'zbek kino“ da bosh direktor o'rinbosari, kino-rejissyor. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (2005). Ingliz, nemis va rus tillarini biladi.
Uylangan, uch farzandi bor.

Mukofotlar



2007-yil — „18 kvadrat“ — rejissyor (Moskvadagi „Oltin ritsar“ KFDA Rossiya milliy terrorizmga qarshi qo'mitasining maxsus mukofoti).

XIX „Oltin ritsar“ xalqaro kinoforumi, (26-may, 2-iyun) „Kumush ritsar“ filmi „Suv“ filmiga Jahongir Qosimov (O'zbekiston) tomonidan 2010-yilda taqdim etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz