Jahongir Otajonov




Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi, musiqachi, qoʻshiqlar muallifi.

Tarjimai holi



Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan Jahongir Otajonov amakisi Ortiq Otajonovga havas qilib musiqaga kirib kelgan. 1-sinfligidan Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni bitirgach Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan.
Ilk mashhurlikka „Arazlamang“, „Oq kabutarlar“, „Dogʻman“ qoʻshiqlari orqali erishgan.

Sud



2021-yil 27-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali ichki ishlar organi xodimlarini haqorat qilgani boʻyicha sudlandi. Sud hukmi 26-iyul kuni oʻqildi, unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan aybli topildi va 21-moddaga koʻra javobgarlikdan ozod etildi.

2021-yilgi prezident saylovi



Jahongir Otajonov 2021-yilning 20-yanvarida musiqadan ketganini eʼlon qilganidan koʻp oʻtmay oʻzining instagram sahifasida 2021-yilgi Oʻzbekiston Prezidenti saylovida oʻz nomzodini qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Shu yilning mart oyida u baʼzi taqiblar sabab Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Otajonov nomaʼlum shaxslar tomonidan jismoniy tazyiqqa uchraganini va ular Oʻzbekiston hukumatiga aloqador shaxslar boʻishi mumkin, degan taxminini aytgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz