Jahongir Oʻrozov




Jahongir Oʻrozov  — (2004-yil 18-yanvar Oʻzbekistonda tugʻilgan) Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. Oʻrozov 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqasi ishtirokchi hisoblanadi. 2023-yildan avgust oyidan Turkiyanining „Eyüpspor“ jamoasi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati



Jahongir Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi masvum oldidan Bunyodkor jamoasi bilan ilk rasmiy shartnomasini imzoladi. Bunyodkor jamoasidagi ilk debyutini 2022-yil Oʻzbekiston Superligasi 1-turida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qarshi „Bunyodkor“ stadionida oʻtkazdi. 2023-yilgi mvsumda Jahongirga Turkiya jamoasidan takliflar tushdi. 2023-yil 16-avgustda Turkiya Birinchi ligasining „Eyüpspor“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Turkiya klubi Jahongirni Toshkentning „Bunyodkor“ klubidan 300 ming yevroga sotib oldi.

Terma jamoadagi faoliyati



Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida 2022-yilda Ravshan Haydarov qoʻl ostida debyut qildi. 2023-yilda AFC U-20 Osiyo kubogi 2023 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2023 musoboqalarida terma jamoada asosiy futbolchilardan biri boʻldi va barcha oʻyinlarda toʻliq harakat qildi.

Yutuqlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz