Jahongir Gʻaniyev




Jahongir Dunanovich Gʻaniyev  — oʻzbek diplomati, biolog. 2018-yildan Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi. 2007—2015-yillarda Italiya davlatidagi elchisi.

Biografiyasi



Buxoroda tugʻilgan. 1978-yilda Moskva davlat universiteti biologiya fakultetini, 1988-yilda BMT ekspertlarining maxsus kurslarini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasining AQSH, Angliya va Avstriyadagi elchixonalarida, Oliy Majlis kotibiyatida ishlagan. 2007-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili. 2018-yil 9-sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi.

Shaxsiy hayoti



Uch nafar farzandi bor. Gabriel García Márquezning Yolgʻizlikning yuz yili romanini sevib oʻqishini aytgan

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz