Jahongir Barlos




Jahongir Barlos -Sulton Husaynning amirlaridan. Dastlab Sulton Abusa’id xizmatida bo‘lgan va uning farmoniga muvofiq Muhammad Burunduq Barlos bilan birga Kobul viloyatini Ulug‘bek Mirzo Kobuliy nomidan idora qilgan. Sulton Abusa’id vafotidan so‘ng (1469 y.) Ulug‘bek Mirzo Kobuliy barloslarni chetlatgani sababli Jahongir Barlos Hirotga kelib, Badi’uzzamon Mirzo xizmatiga kirgan va uning suhbatdoshiga aylangan. Bobur yoqimli kishi sifatida taʼriflab, ovchilik va qush tutishni yaxshi bilishini taʼkidlab o‘tgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz