Jahongir Ahmedov
Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan). Oʻzbek kinorejissor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Tarjimai hol
Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U 25-oʻrta maktabni bitirib, 2002-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissorlik boʻyicha tamomlagan. Ayni kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti dotsenti.
Ahmedov oʻzini katta kinoda 2009-yil „Uylanish“ kinokomediyasi kartinasini olishdan boshladi. U ssenariy va suratga olish jarayonini oʻzi olib, kinoga ilk qadamini qoʻydi. Bu bilan Jahongir Ahmedov kino sohasida toʻxtab qolgani yoʻq. 2010-yilda uning „Omad“ va shu yili „Tundan tonggacha“, 2012-yili esa – „Tilim qursin“ kinokomediyalari, 2016-yili – „Majnun“ drama janridagi kinosi olam yuzini koʻrdi.
2018-yil Jahongir Ahmedov yangi loyiha ustida ishladi. U Xiva xonligining bosh vaziri, XX-asrning mashhur tarixiy siymolaridan biri Islomxoʻja hayotiga bagʻishlangan badiiy-publitsistik janrda „Islomxoʻja“ tarixiy filmini suratga oldi. Ushbu film qahramonning hayoti, jamiyat va davlatni isloh qilish yoʻlidagi faoliyati, turli fitna va xavf-xatarlarga boy hayoti haqida soʻz yuritadi. Mazkur ish kinematografchilar tomonidan ijobiy baholanadi. Bu film nafaqat Oʻzbekistonda, boshqa xorijiy davlatlarda ham namoyish etiladi.
2020-yili Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ dramatik janrdagi film suratga olinadi. J.Ahmedov mazkur filmni ssenariychisi va rejissori boʻldi. „Ilhaq“ butunjahon boʻylab karantin boʻlganligi uchun kinoteatrlarda emas, balki barcha telekanallarda namoyish etildi. Kinotanqidchilar filmni yuqori baholadilar. U bir qancha festivallarda gʻolib boʻldi. Xususan, Belarusda oʻtkazilgan Listopad festivalida eng yaxshi film deb topildi. Oʻzbekistonda eng yaxshi film uchun „Oltin humo“ mukofoti sovrindorini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, Jahongir Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.
Jahongir Ahmedov kino faoliyati davomida rejissor sifatida 16 ta badiiy filmlarni yaratgan va 30 dan ortiq kinolarga ssenariy yozgan.
Maʼlumoti
Filmografiya
Quyida Jahongir Ahmedov suratga olgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan.
Mukofotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org