Jahonda turizm salohiyati




Butunjahon Turizm Tashkiloti (inglizcha: World Tourism Organization) jahon mamlakatlarida sayyohlikni targʻib qilish, aholining millati, dini, tili, irqi, kelib chiqishidan qatiy nazar umumiy inson huquqlari va iqtisodiy faravonlik, oʻzaro anglashuv, tinchlik, oʻzaro hurmat ruhida turizm muhitini tashkil etuvchi yirik tashkilot hisoblanandi. Butunjahon Turizm Tashkiloti — rivojlanayotgan mamlakatlarda turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi.

Turizmning istiqbollari



Xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanandi, jahon xoʻjaligining tuzilishi, umumiy holatiga, shuningdek, dunyoning aksariyat mamlakatlari va alohida mintaqalari iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan murakkab va salohiyatli soha sanaladi. Turizmni rivojlantirish iqtisodiyotning transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish, milliy hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlariga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishning eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Turizm rivojlanishi



Turizm rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillar quyidagilar.

Jahon turizmidagi pasayishlar



Jahon turizmi jahon iqtisodiyotining eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi o‘ttiz yillikda dunyo bo‘ylab sayyohlar soni qariyb 4 baravarga oshgan, turizmdan tushgan daromad esa 25 baravardan ko‘proqga oshgan. Ammo 2019-yilda boshlangan global pandemiya ham turizmni cheklab oʻtmagan, xususan butun jahon boʻylab 2019-yilda turizm salmogʻi oʻsishi 2018-yilga nisbatan +4% ni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda 2019-yilga nisbatan jahon boʻylab sayyohatlar −73% gacha pasaydi. 2021-yilda esa −88% gacha pasayish kuzatildi. Jahon turizm industriyasi 2021-yilgacha besh yil ichida yillik 4,3% ga yoki 1,3 trillion dollargacha kamaygan. Besh yillik davrning aksariyat qismida global turizm yaxshi natijalarga erishdi, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘sishni rag‘batlantirishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar jadal sur’atlarda oʻsib bordi, bu esa ushbu hududlardagi isteʼmolchilarga koʻproq chet elga sayohat qilish imkonini berdi. Biroq, COVID-19 (koronavirus) pandemiyasi tufayli sanoat daromadi 2020-yilda qariyb 50,0% ga kamaydi. Global epidemiya turizm bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarga katta taʼsir ko‘rsatdi. Jumladan dunyo mintaqalarida turizm sohasida COVID-19 pandemiyasi katta pastlashlarga sabab boʻldi.

Jahon Mehnat bozorida Turizmning oʻrni



Dunyoda turizm va rekreatsiya rivojlangan davlatlarning YaIM tarkibida juda katta ulushga ega hisoblanadi. YaIMdaning tarkibida yuqori katta ulushga ega boʻlgan mamlakatlar asosan orol mamlakatlar, ekoturizm imkoniyatlariga ega davlatlar shuningdek uzoq tarixga ega boʻlgan davlatlat iqtisodiyotida turizm yetachi tarmoq hisoblanandi. Jumladan Amerika qitʼasidagi Karib dengizi mamlakatlari, Okeaniya mamlakatlari, tarixiy obidalarga boy boʻlgan Gretsiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiya, Italiya, AQSh, Misr, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiyot tarkibida turizm asosiy daromadli sohalardan biri hisoblanandi. Turizm yuqori rentabelli tarmoq boʻlib, jahonda eng koʻp mehnat ishvchisi band boʻlgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. 2022-yil maʼlumotlariga koʻra jahonda turizm sohasida 8076719 ishchi xizmat qilmoqda.
Dunyoning baʼzi mamlakatlari iqtisodiyoti xalqaro turizmning rivojlanishiga jiddiy bogʻliq, chunki u amalda mamlakatda valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi (Okeaniya davlatlari, Karib dengizi davlatlari, Maldiv orollari shular jumlasidan). Jahon boʻylab tashqi va ichki turizmni hisobga olsak, har yili dunyo aholisining deyarli yarmi sayyohga aylanadi. Jahonda yiliga 7,9 milliard kishidan 1 milliarddan ziyod inson sayyohga aylanadi. Bu esa jahon sayyohlik bozori va sayyohlarni qabul qilish, xizmat koʻrsatishda orqali har qanday davlatning iqtisodiyotida qoʻshimcha daromad, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga olib keladi.

Jahonda turizmdan eng yuqori daromad oluvchi davlatlar



Jahon mamlakatlari orasida asosan rivojlangan davlatlarda yillik sayyohlar tashrifi yuqori hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda viza rejimining soddaligi va shuningdek xavfsizlik, arzon turizm, xizmat koʻrsatish sohalari juda yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi, shuningdek tarixiy obidalarga boyligi yoki ekoturizm salohiyati yuqoriligi sabab yiliga juda katta miqdorda daromad davlat iqtisodiyotiga tushadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz