Jahon xo‘jaligi




Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.

J. x.dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.

J. x. aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.

J. x.da xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.

J. x. aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.

J. x.ni tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).

MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-yillar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

J. x.da kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.

Hoz. davrda J. x.ning rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) J. x.ga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-yillarda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham J. x.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 yillarda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) J. x.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) J. x.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.

J. x. xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. J. x. doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz