Jahon sog'liqni saqlash sohasidagi yangiliklar
Innovations in International Health (IIH) (o'zb.Xalqaro sog'liqni saqlash sohasidagi yangiliklar) MITda tadqiqot jarayonlarini osonlashtiradigan zamonaviy dasturiy ta'minotdir. Uning asosiy vazifasi dunyodagi tibbiyot sharotilarini yanada yaxshilash va kerakli jihozlar bilan ta'minlab berishdir.U 2008-yildan 2012-yilgacha Massachusetts texnologiya institutida joylashgan . IIHning bosh maqsadi butun dunyo bo'ylab tadqiqotchilar, shifokorlar va tibbiyot amaliyotchilari o'rtasidagi hamkorlikni osonlashtirishdir.Bu orqali tegishli va arzon sog'liqni saqlash texnologiyalarini ishlab chiqishni yo'lga qo'yish va tezlashtirish imkoni bo'ladi.
IIH dasturiy ta'minoti MIT D-Lab da o'qitiladigan D-Lab Health deb nomlangan masofaviy ta'lim kursini yaratdi, u fanlar bo'yicha xalqaro sog'liqni saqlash va muhandislik kursidan iborat. Talabalar rivojlanayotgan dunyoga ta'sir ko'rsatadigan asosiy global sog'liq muammolari haqida bilib olishadi va ushbu muammolarni hal qilish uchun tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish uchun namunaviy vositalarni o'rganadilar. Talabalar prototip yaratish jarayonida foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini olish uchun Nikaraguadagi IIH hamkorlari CARE va CIES bilan yaqindan aloqa o'rnatadilar. D-Lab Health loyihalari tarkibiga Ambuzap, BabyTracker, GlucoTank, Nebaul va POP bandage kiradi.
Tarix
IIH 2007-yilning yozida Amy Smith Amir Khan tomonidan tashkil etilgan va José Gómez-Márquez tomonidan boshqarilgan. Uning birinchi yig'ilishi 6 mamlakatdan 12 nafar tadqiqotchini birlashtirdi. IIH o'sib borayotgan ixtirolar to'plamiga ega bo'lib, Qo'shma Shtatlar, Nikaragua, Gonduras, Peru, Tanzaniya, Hindiston va Pokistonda qurilmalar va tadqiqot ishlarini boshladi.
Massachusets texnologiya instituti, Pokistonning Karachi shahridagi tadqiqot va ishlanma markazi va Managuadagi Nikaragua tadqiqot sog'liqni saqlash fanlari markazida H-Labs deb nomlangan IIH jamlangan zamonaviy jihozlar aholi sog'lig'ini saqlashda muhim vosita sifatida qo'llanildi.
Jamiyat
IIH jamoasi tarkibiga olimlar, tibbiyot xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro yordam ko'rsatish xodimlari, sog'liqni saqlash sohasidagi tadqiqotchilar, ishbilarmonlar va turli sohalardagi boshqa hamkorlar kirdi. Ularning jamoasi butun dunyo bo'ylab o'n ikkita ilmiy-tadqiqot markazini qamrab olgan.Markazlarda yettita sog'liqni saqlash sohasi bo'yicha o'n beshta texnologik loyiha amaliyoti yo'lga qo'yilgan.
IIH butun dunyo bo'ylab tadqiqotchilarni bir nechta tadqiqot vositalari, jumladan, hamkor ijtimoiy tarmoq sayti, Collaboratorium (tadqiqot va professional amaliyot sohalarini ko'rsatadigan grafik foydalanuvchi interfeysi), Global Health Data Mining (sohalarni aniqlaydigan statistik vositalar) bilan bog'lashga intiladi. Global sog'liqni saqlash sohasidagi ehtiyojlar haqida o'tkaziladigan konferensiyalar va uchrashuvlar orqali mustahkam hamkorlikka erishilgan.
Texnologiyalar
IIH tashabbusi bilan Mahsulotni Rivojlantirish (APD) tashkiloti tadqiqot loyihalarini tibbiy,texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va sinovlarni o'z ichiga olgan amaliy loyihalarga aylantiradi. APD loyihalarni moliyalashtirishda ham yordam beradi.
IIHda taqdim etilgan ba'zi texnologiyalar qatoriga quyidagilar kiradi
Mukofotlar va e'tirof
IIH tadqiqotchilari va loyihalari bir nechta mukofotlarni qo'lga kiritdilar va taniqli nashrlar, innovatsiyalar va sog'liqni saqlashga yo'naltirilgan tashkilotlar tomonidan xalqaro miqyosda tan olinganlar. 2009-yilda dastur direktori Technology Review jurnalining 35 yoshgacha bo'lgan yosh tashabbuskorlar orasida yilning eng yaxshi gumanitar yo'nalishdagi tashabbuskori deb topildi. X out TB haqida The Economist gazetasining Technology Monitor maqolasida keltirilgan. Gomes-Markes MIT G'oyalar tanlovida uch marta g'olib bo'lgan. (G'olib ixtirolardan biri XoutTB edi). Solar atuclave buyumini sobiq prezident Jimmy Carter maqtagan. va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan global sog'liqni saqlash muammolarini hal qiluvchi innovatsion texnologiyalar qatorida namuna sifatida ko'rsatilgan. Cool Comply yaqinda Harvardning eng yirik grantini qo'lga kiritdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org