Jahon soborlari




Jahon soborlari - xristian cherkovi oliy ruhoniylari yigʻilishlari. Ularda diniy taʼlimot va diniy marosim tizimi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, kanonik meʼyorlar hamda ibodat qilish qoidalari shakllantirilgan, ilohiyotdagi turli konsepsiyalarga baho berilgan, bidʼatchilikka qarshi kurash usullari belgilangan. Pravoslav cherkovi dastlabki 7 ta J. s.ni (4—8-asrlar) vakolatli boʻlgan deb hisoblaydi. Xristianlik cherkovi pravoslaviye va katolitsizmga ajralgan (1054-yil)dan keyin Rim papalari 12-asrdan boshlab katolik cherkovi oliy ruhoniylari yigʻilishlarini qaytadan tikladi va ularni yana J. s. nomi bilan atay boshladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz