Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti
Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti — BMT, YXHT Parlament assambleyasi, Parlamentlararo ittifoqga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2022-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan sammit. Ushbu sammitda 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etdi.
Sammit tashkilotchilari
Parlamentlararo ittifoq va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati.
Ishtirokchilar
Parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol rahbarlari (spikerlari), deputat ayollar, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vakillari.
Nufuzli mehmonlar
Sammitdagi asosiy masalalar
Ochilish marosimi
Sammit 2022-yil 8-sentabr kuni toshkent shahrida oʻz ishini boshladi. Sammitni Parlamentlararo ittifoq raisi Duarte Pacheco hamda Tanzila Norboyeva ochib berishdi.
Bugungi anjuman birinchi marta O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda. Butunjahon parlament ayol rahbarlariga shu munosabat bilan 14-sammitda ishtirok etayotganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman. Nufuzli xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida aynan xotin-qizlar ko‘proq aziyat chekkan. Jumladan, mehnat bozorida mehnat qilayotgan ayollarning 5 foizi ishsiz qoldi, oilalarda yuzaga kelgan murakkab vaziyat ortidan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari ko‘paydi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy holati yomonlashishi ortidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar soni ortdi. Shunday og‘ir sharoitda xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari, bir-biriga xayrixohliklari natijasida vaziyat ancha yaxshilandi[6].
— Tanzila Norboyeva, in
Shundan soʻng, O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning sammit ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib berdi.
Natija
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Manbalar
uz.wikipedia.org