Jahon oshxonasi




Jahon oshxonasi  — bu butun dunyoda sevib isteʼmol qilinadigan taomlar retseptini oʻz ichiga olgan oshxonadir. Oshxona — bu odatda, maʼlum bir mintaqa, mamlakat yoki madaniyat bilan bogʻliq boʻlgan pishirish amaliyoti va anʼanalarining oʻziga xos uslubi . Global oshxonaga aylanish uchun mahalliy, mintaqaviy yoki milliy oshxona butun dunyo boʻylab tarqalishi kerak. Shuningdik taomlari butun dunyo boʻylab xizmat qilishi har jihatdan muhim hisoblanadi. Oʻtgan asr davomida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, joʻnatish va ishlab chiqarish sohasida sezilarli yaxshilanishlar va yutuqlar boʻldi. Bugungi kunda koʻplab mamlakatlar, shaharlar va mintaqalar oʻzlarining anʼanaviy oshxonalari va boshqa koʻplab global oshxonalardan foydalanishlari mumkin.

Osiyo



Yaponiya



Yapon oshxonasi butun dunyoga mashxur boʻlib sushi va ramen kabi taomlari dunyo boʻylab tarqaldi. Odatda yapon taomlari mahalliy aholining xohish-istaklariga mos ravishda moslashtiriladi va koʻpgina tajribalardan oʻtkazilgach yangi taomlar yaratiladi. Misol uchun, Kaliforniya rulosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida mashhur taom boʻlib, u yaponiyalik makizushi, sushi turining modifikatsiyasi hisoblanadi. Janubiy Koreyada yapon kori ham, ramen ham import qilingan va birinchi navbatda tez tayyorlanadigan taom sifatida ommalashgan. Gʻarb taomlaridan olingan Tonkatsu va tempura hozirda oʻziga xos yaponcha taomdir.

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Filippin va Braziliya kabi koʻplab mamlakatlarda yapon restoranlari tez sur’atlardan mashhur boʻldi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, ushbu mamlakatlar orasida Gonkong, Tayvan, Xitoy, Singapur, Tailand va Indoneziya asosiy isteʼmolchi hisoblanadi.

Yapon mahsulotlar bozori ham keng miqyosida jadallashmoqda. Jumladan Ajinomoto, Kikkoman, Nissin kabi brendlar mavjud boʻlib, mayonez mahsuloti Xitoy, Tailand va Indoneziya kabi Osiyoning boshqa mamlakatlarida ishlab chiqarish bazasini yaratishni yoʻlga qoʻymoqda.

Xitoy




Xitoy oshxonasi dunyoning boshqa koʻplab qismlarida jumladan — Osiyodan Amerika, Avstraliya, Gʻarbiy Yevropa va Janubiy Afrikada keng tarqalgan. Soʻnggi yillarda Sharqiy Yevropa va Janubiy Osiyoda Xitoy oshxonasi mashxur boʻldi va bu oshxona haqida deyarli barcha isteʼmolchilar bilishadi. Amerikadagi Xitoy oshxonasi va Kanadadagi Xitoy taomlari mahalliy vakillik taomlarining mashhur namunalaridir. Uslub va tayyorlash texnikasini saqlab qolgan holda, mahalliy mahsulotlar qabul qilinadi.

Anʼanaviy xitoy oshxonalariga Anxuy, Kanton, Fujian, Xunan, Jiangsu, Shandong, Szechuan va Chjejiang nomli oshxonalar kiradi. Bularning barchasi Xitoyning tegishli mintaqalariga qarab nomlanadi. Ushbu mintaqaviy oshxonalar baʼzan „Xitoyning sakkiz oshpazlik anʼanalari“ deb ataladi. Turli xil uslublar Xitoy oshxonasiga hissa qoʻshadi. Shulardan eng mashhur va eng taʼsirlilari Szechuan, Shandong, Jiangsu va Guangdong oshxonalaridir. Bu uslublar mavjud resurslar, iqlim, geografiya, tarix, pishirish texnikasi va turmush tarzi kabi omillar tufayli bir-biridan ajralib turadi. Koʻpgina Xitoy anʼanaviy mintaqaviy oshxonalari quritish, tuzlash va fermentatsiya kabi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning asosiy usullariga tayanadi.

Tailand



Tailand oshxonasi dunyoning boshqa qismlarida, shu jumladan Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning boshqa qismlarida tobora ommalashib bormoqda. Ayniqsa, anʼanaviy taomlarni taklif qiluvchi Tailand restoranlari tobora kengayib bormoqda.

Hindiston



Hind oshxonasi xalqaro munosabatlar tarixini shakllantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hindiston va Yevropa oʻrtasidagi ziravorlar savdosi koʻpincha tarixchilar tomonidan Yevropaning kashfiyotlar davrining asosiy katalizatori sifatida tilga olinadi. Shuningdek, u xalqaro oshxonalarga, ayniqsa Janubi-Sharqiy Osiyo, Britaniya orollari va Karib dengizi oshxonalariga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatdi. Hind ziravorlari, oʻtlar va sabzavotlardan foydalanish dunyoning koʻplab mamlakatlari oshxonasini shakllantirishga yordam berdi.

Hind oshxonasi asosan Hindiston taomlaridan iborat boʻlib, turli hind ziravorlari va Hindiston boʻylab yetishtirilgan sabzavotlar, oʻtlar, sabzavotlar va mevalardan keng foydalanish bilan tavsiflanadi. Hindistonning mintaqaviy oshxonasi birinchi navbatda mintaqaviy darajada, balki viloyat darajasida ham tasniflanadi. Oshxonadagi farqlar turli mahalliy madaniyatlar, geografik joylashuvlar va iqtisodiyotdan kelib chiqadi. Hind oshxonasi ham mavsumiy boʻlib, yangi mahsulotlardan foydalanadi.

Hindiston oshxonasi juda ham xilma-xil boʻlib, har bir shtatda butunlay boshqacha taomlar bor. Mugʻal va Dehli hukmronligi yillarida islom taʼsiri, shuningdek, Shimoliy Hindiston va Dekkani oshxonalarida forslarning oʻzaro taʼsiri ham mavjud. Hind oshxonasi xalqning boshqa jamiyatlar bilan madaniy aloqalari natijasida rivojlanib kelgan va hozirgi kunda ham rivojlanishda davom etmoqda. Xorijiy istilolar, savdo aloqalari va mustamlakachilik kabi tarixiy voqealar ham mamlakatga maʼlum oziq-ovqat turlari va ovqatlanish odatlarini joriy etishda muhim rol oʻynadi. Misol uchun, Shimoliy Hindistonning asosiy taomi boʻlgan kartoshka, Portugaliyaliklar tomonidan Hindistonga olib kelingan, ular boshqa narsalar qatorida chili va non mevasini ham olib kelishgan. Ziravorlar Hindistondan sotib olinib, Malakkadan kauchuk va afyun evaziga sotilgan. Shuningdek, u butun dunyodagi boshqa oshxonalarga, ayniqsa Janubi-Sharqiy Osiyo, Britaniya orollari va Karib dengizi taomlariga oʻz taʼsirini koʻrsatdi.

Yevropa




Amerika oshxonasi — Amerika Qoʻshma Shtatlaridan kelib chiqqan taom tayyorlash uslubi. Amerikaning Yevropa mustamlakasi ikkinchisiga bir qator mahsulotlar va pishirish uslublarini kiritish imkonini beradi. Bunday oqim butun mamlakat boʻylab oziq-ovqat tayyorlashning boy xilma-xilligini rivojlantirdi. Mahalliy Amerika oshxonasi Amerika qitʼasining tub aholisining barcha taomlarini oʻz ichiga oladi. Zamonaviy mahalliy xalqlar anʼanaviy oziq-ovqatlarning boy qismini saqlab qolishadi.

Gruziya



Gruziya Oʻrta yer dengizi oshxonasi. Gruziya oshxonasi 80 dan ortiq turdagi mahalliy pishloqlarni oʻz ichiga oladi. Ular koʻpincha pishiriqlar va mahalliy pizza uslubidagi pishloq nonlari (Xachapuri) bilan aralashtiriladi. Soslarda (Satsivi), salatlarda yoki boshqa goʻshtli taomlarda (Xarcho) yongʻoqning koʻp ishlatilishi bilan mashhur.

Gruziya vinoning vatani hisoblanadi. Uning dasturxon madaniyati Supras davrida bir avloddan keyingi avlodga oʻtadigan tayyorlash uslublari bilan chambarchas bogʻliq.

Shimoliy Amerika



Qoʻshma Shtatlar



Meksika



Meksika oshxonasi butun dunyoda keng tarqaldi. Koʻplab isteʼmolchilar mamlakatdagi barcha lazzatli taomlarni sevib tanovul qilishadi. Meksika oshxonasi ham dunyo oshxonasining koʻrki hisoblanadi.
  

Manbalar




Qoʻshimcha oʻqish uchun




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz