Jahon matbuoti erkinligi kuni
Butunjahon matbuot erkinligi kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingl. World Press Freedom Day, arab. اليوم العالمي لحرية الصحافة, isp. Día Mundial de la Libertad de Prensa, xit. 世界新闻自由日, fr. Journée internationale de la liberté de la presse) — bayrami 1994-yildan buyon 3-mayda nishonlanib kelinadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-dekabrdagi maxsus qarori(A/DEC/48/432-sonli) bilan e’lon qilingan.
Mazkur Butunjahon matbuot erkinligi kuni to‘g‘risidagi qaror BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning (IIK) tavsiyasi - 1993/54-sonli qarori asosida qabul qilinadi. O‘z navbatida, IIK 1991-yil 6-noyabrdagi YUNESKO Bosh anjumanining 26-sessiyasi qaroriga bo‘ysunadi. Mazkur anjumanda YUNESKO Vindxuk deklarasiyasini qabul qilish sanasi sifatida 3-may sanasini tavsiya qiladi. Vindxukda mustaqil Afrika matbuotini rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkaziladi va bu sana 1991-yilda qabul qilinadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining har yili Butunjahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan murojaatnomasi nashr etiladi. 2006-yilgi murojaatida, ommaviy axborot vositalari nafratni qo‘zg‘atish, kamsitish yoki targ‘ib qilish vositasi bo‘lib xizmat qilmasligi kerakligi qayd etiladi.
1997- yildan boshlab, 3-mayda har yili matbuot erkinligiga qo‘shgan hissasi uchun YuNESKO mukofoti taqdim etiladi.
Havolalar
uz.wikipedia.org