Jahon cherkovlari kengashi




Jahon cherkovlari kengashi -ekumen (xristianlik konfessiyalarini birlashtirish tarafdori boʻlgan) harakatning rahbar organi. Uch protestant harakati ("Eʼtiqod va tartib", "Hayot va faoliyat", Xalqaro missionerlik kengashi)ning qoʻshilishi yoʻli bilan 1948-yilda Amsterdamda J. ch. k.ning 1-assambleyasida tuzilgan. Maqsadi cherkovlar oʻrtasida diniy eʼtiqod sohasida mavjud boʻlgan tafovutlarni qiyosan oʻrganib chiqish va amaliy faoliyat sohasida ularni birlashtirish yoʻli bilan yagona xristian uyushmasini vujudga keltirish boʻlgan. J. ch. k.ga 100 ga yaqin mamlakatning 300 dan ortiq cherkovi kiradi. Qarorgohi — Jeneva sh.da.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz