Jahm ibn Safvon
Abu Muxriz al-Jahm ibn Safvon at-Termiziy (arabcha: أبو محرز الجهم بن صفوان الترمذي, Samarqand — 745, Marv) – islom jabriy ilohiyotchisi, jahmizlik maktabining asoschisi.
Hayoti
Jahm ibn Safvon arablarning banu rasib qabilasidan boʻlib, Samarqandda tugʻilgan, Termizda, keyin esa Kufada yashagan . U Kufada ilohiyot olimi Jad ibn Dirham bilan uchrashdi va keyinchalik uning gʻoyalari targʻibotchisi boʻldi. Vataniga qaytib, Jahm ibn Safvon ilohiyot olimlari bilan munozalar qildi. Ular orasida Qur’onning taniqli sharhlovchisi Muqotil ibn Sulaymon ham bor edi. Ularning har biri bir-birini inkor etib kitoblar yozgan. Jahm ibn Safvon 734-736-yillardagi Xuroson umaviylar hokimi Nasr ibn Sayyorga qarshi qoʻzgʻolonda qatnashgan va qoʻzgʻolon rahbari al-Horis ibn Surayjning kotibi boʻlgan. Keyinchalik u umaviylar tomonidan asirga olinadi va 745/746-yili (hijriy 128-yil) Marvda qatl etiladi.
Taʼlim
Jahm ibn Safvon taʼlimoti moʻtazilizmga asoslangan. Jahm ibn Safvon ham moʻtaziliylar singari ilohiy sifatlarning abadiy mavjudligini va Allohni koʻrish imkoniyatini inkor etgan. U oʻzining ustozi al-Jad ibn Dirham singari qurʼonning yaratilganlig va Allohga qandaydir antropomorfik xususiyatlarni berish mumkin emasligi pozitsiyasini himoya qilgan. Jahmiylarning muxoliflari Alloh haqidagi taʼlimotni oʻzlarining panteistik moyilliklari bilan bogʻlaydilar. Jahm ibn Safvon ham kelajakdagi voqealar (harakatlar) cheksiz boʻlishi mumkin emas deb hisoblagan.
Jabrizm
Jahm ibn Safvon jabrizm-fatalizmning ekstremal shaklini ishlab chiqqan.
Murjiylik
Jahm ibn Safvon iymon har xil odamlar uchun har xil kuchga ega boʻlishi mumkin emas.
Shogirdlari
XI asr boshlarida Nehavendda jahmitlar maktabi faoliyat koʻrsatgan boʻlib, u asosan koʻp sonli talabalari bilan mashhur (Ahmad ibn Hanbal, Ibn Qutayba, Ad-Dorimiy va boshqalar). Jahm ibn Safvon shogirdlari orasida Diror ibn Amr (815- vafot etgan), Bishr al-Mariyiy (833-yil vafot etgan) va uning shogirdi al-Husayn an-Najjarni alohida taʼkidlash joiz. Jahm ibn Safvon va uning izdoshlarining asarlari bizgacha yetib kelmagan. Jahmitlarning bir qismi keyinchalik ash’ariylarga qoʻshilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org