Jagat Gosain




Manavati Bai , shuningdek, Manvati Bai (1573-yil 13-may — 1619-yil 8-aprel) nomi bilan mashhur boʻlgan Jagat Gosain (Dunyo farishtasi), toʻrtinchi Boburiylar imperatori Jahongirning ikkinchi xotini va va uning vorisi Shoh Jahonning onasi boʻlgan.

U shuningdek, Mani Bay , Manmati , Jodxa Bay (Jodhpur malikasi), Toj Bibi " (Saroy xonimi) va vafotidan keyin Bilqis Makoni (Pok xonadon ayoli) deb ham atalgan. Uni Manrike notoʻgʻri Balmati deb atagan. Uni yevropalik tarixchilar notogʻri yondashgan „Jodha Bay“ yaʼni Maryam-uz-Zamoniy bilan adashtirmaslik kerak.

U Marvarning (hozirgi Jodxpur) Rajputlar oilasida tugʻilgan. Otasi Raja Udai Singh (xalq orasida Mota Raja nomi bilan tanilgan), onasi esa Rani Rajavat Kachawahi Manrang Devi boʻlgan.

Oilasi



1573-yil 13-mayda Manavati Bay xalq orasida Jodha Bay (Jodxpur malikasi) nomi bilan mashhur edi. Uning otasi Rajputlarning Rathore urugʻiga mansub va mashhur Mota Raja (qattiqqoʻl hukmdor) nomi bilan tanilgan. Uning onasi Rajavat Kachvahi Manrang Devi otasining katta xotini va Narvarlik Raja Asqaranning qizi (1599-yilda vafot etgan) boʻlgan.

Uning otasi tomonidan bobosi Maldeo Rathore ismli taniqli kishi boʻlgan. Bobosi hukmronligi ostida Marvar kuchli Rajput qirolliga aylandi, u xorijiy dushmanlarga qarshilik koʻrsatdi va bosqinchilarni shimoliy hududlarga haydab chiqardi. Maldeo Rathore 1555-yilda Humoyun Shimoliy Hindiston ustidan nazoratni qayta tiklaganidan soʻng Sur imperiyasi yoki Bobur imperiyasi bilan ittifoq tuzishdan bosh tortdi. Bu siyosatni uning oʻgʻli va vorisi Chandrasen Rathore ham davom ettirdi.

1562-yilda Maldeo Rathore vafotidan soʻng, vorislik uchun birodarlik urushi boshlandi va Chandrasen poytaxt Jodxpurda oʻzini hukmdor deb eʼlon qilib, toj kiydi. Ammo uning hukmronligi qisqa umr koʻrdi, chunki imperator Akbar qoʻshini oʻsha yili Mertani va 1563-yilda poytaxt Jodxpurni egallab oldi.

1581-yil yanvarda Rao Chandrasen vafotidan soʻng Marvar bevosita Boburiylar boshqaruviga oʻtkazildi. 1583-yil avgustda Akbar Marvar taxtiga Uday Singxni oʻtkazdi. U oʻzidan oldingi hukmdorlardan farqli oʻlaroq, Boburiylarga boʻysundi va keyinchalik ularning xizmatiga qoʻshildi.

Jahongirning uylanishi




Muni Lalning soʻzlariga koʻra, yosh Jagat Gosain shahzoda Salimning onasi va haramning boshqa yuqori martabali xonimlari bilan marosimda qatnashayotganida podsho xonimlariga tanishtirilgan. Aytishlaricha, Salim unga darhol turmush qurishni taklif qilgan. Akbar dastlab rozilik berishni istamadi, lekin faqat Hamida Bonu shafoatiga rozi boʻldi. U 1586-yil 11-yanvarda 16 yoshli shahzoda Salimga (keyinchalik „Jahongir“ nomi bilan atalgan) turmushga chiqdi. Nikoh boʻyicha kelishuv yetmish besh lakhda belgilandi. Akbarning oʻzi ham haram ayollari hamrohligida nikoh toʻyi boʻlgan Rajaning uyiga bordi. Nikoh marosimi hindlarning otash marosimlarini oʻz ichiga olgan dabdabali marosim boʻlib, ruhoniyning sanskrit oyatlarini kuylashi, shuningdek, Qozi va bir qator harbiy va fuqarolik arboblari ishtirokidagi musulmonlarning fazilatlariga asoslanib boʻlib oʻtdi.

Murardning soʻzlariga koʻra, uning amakivachchasi Rana Kalyan Das Rathore bu nikohdan xafa boʻlgan va Mota Rajadan gʻazablangan.

Mota Raja keyinchalik Kalyan Das Akbarga uning oʻldirish xususida qasdlashganini xabar berdi. Kalyan Das Marvardan Sivanaga qochib ketdi. Uday Singx ikki oʻgʻli Bhopat va Jaisinghni Sivanaga yubordi. Ammo dushman joylashgan qalʻa va raqib ular uchun juda kuchlilik qildi va ular orqaga qochishga majbur boʻlishdi. Ushbu kurashda magʻlubiyatga uchragan Mota Raja Akbardan imperator saroyini tark etishga ruxsat oladi. Marvarga qaytgandan soʻng, u Sivanaga qarshi kuchlarni boshqargan. Kalyan Das magʻlubiyatga uchraganini tushunib, xotinlariga Jauharni kuylashni buyurdi va oʻzi odamlarini muqarrar oʻlim xavf solib turgan jangga olib kirdi. Ushbu gʻalabadan keyin Sivana Mota Rajaga topshirildi.

Qobiliyati va bilimi tufayli qizga „Jagat Gosain“ unvoni berilgan. Bu nikoh Marvar xonadoni uchun foydali boʻldi. Agar Jahongir va Shohjahon keyinchalik yana nikoh rishtalari bilan bogʻlanmaganida, Marvarning Boburiylar bilan ittifoqi diniy taranglik tufayli buzilib ketgan boʻlar edi. Ushbu nikohdan soʻng, Uday Singx va Jodxa Bayning aka-uka va jiyanlari podsholik neʼmatlariga sazovor boʻlishdi.

Nikoh siyosiy boʻlsa-da, Jagat nafaqat oʻzining goʻzalligi, jozibasi va yumshoq ovozi, balki zukkoligi, jasorati bilan ham tanilgan edi — bularning barchasi nikohning dastlabki yillarida Salimga juda yoqdi. U yaxshi qoʻshiqchi boʻlgan va musiqani yaxshi bilgan deb qaraladi. Turmush qurgandan soʻng, u musiqiy bilimini oshirish uchun mutaxassis musiqachilar guruhida tahsil olgan.

1590-yilda u oʻzining birinchi farzandi — Begim Sulton ismli qizini dunyoga keltirdi va u bir yoshida vafot etdi. 1592-yil 5-yanvarda Salimning uchinchi oʻgʻlini dunyoga keltirdi, unga bobosi podsho Akbar „Xurram“ („quvonchli“) deb ism qoʻygan. Boʻlajak imperator kelajakda Shohjahon nomi bilan mamlakatni boshqargan.

Jagatning oʻgʻli Xurram oʻsha paytdagi munajjimlik belgilariga koʻra xayrli hisoblangan Salim saroyidan koʻra Akbarning oʻz saroyida tarbiyalashni talab qilgan va shuning uchun Akbarning saroyida qolgan. U Akbarning haramida yashovchi birinchi xotini Ruqiya sultonning qaramogʻiga olingan va u Xurramni mehr bilan tarbiyalagani aytiladi. Xurram ham Ruqiya Sultonni juda hurmat qilgan.

1605-yilda Akbar vafot etganidan soʻng, yosh shahzoda otasining xonadoniga qaytishga ruxsat oldi va shu tariqa oʻzi dunyoga keltirgan va sevgan onasining nazoratiga qaytdi. Mani Bay sadoqatli ayol boʻlib, saroy yilnomalarida uni Hazrati deb nom berishgani saqlanib qolgan. Oradan biroz yillar oʻtib Jagat 1597-yilda uchinchi (va oxirgi) farzandini, goʻdakligida vafot etgan qizi Luzzat-un-Nisoni dunyoga keltirdi.

Findlyning soʻzlariga koʻra, Jagat Gosain haramda ancha erta erining mehrini yoʻqotganga oʻxshaydi, S.S.Guptaning soʻzlariga koʻra, u imperator haramiga raqibi Nurjahon kelguniga qadar Jahongirning sevimli xotini boʻlgan. Jahongir Nurjahonga 1611-yilda uylangan va ular turmush qurganlaridan boshlab to vafotigacha Nurjahon shubhasiz uning sevimli xotini boʻlgan. Nurjahon bilan turmush qurishdan oldin ham Jahongirning yana bir ayoli boʻlgan. U Podishoh Begim deb nom qozongan Solihabonu Begim boʻlib, Salim bilan turmush qurganlaridan to 1620-yilda vafotigacha sevimli ayol oʻrnini egallab kelgan, shundan soʻng bu sharafli unvon Nurjahonga berilgan.

Agra qal’asidagi Jahongiri Mahal Jahongir tomonidan tanlangan Jagat Gosainning qarorgohi boʻlgan. Toʻrtburchak hududning gʻarbiy tomoni, hind xudosining rasmlari tasvirlangan choʻzinchoq boʻshliqlar bilan oʻralgan. Shuningdek, u Jagat uchun ibodatxona vazifasini ham bajargan.

Sikandrada joylashgan Kanch Mahal, baʼzan Jod Bay Mahal deb ataladi, Jahongir tomonidan Jagat Gosain uchun qurilgan. Shuningdek, Agradagi „Toj Ganj“ deb nomlangan hudud uning sharafiga nomlangan.

Aytishlaricha, Jagat Gosain butunlay billur bilakuzuklar yasaydigan Sohagpura nomli qishloqqa asos solgan.

Vafoti



1619-yilda, Fatehpur Sekrida boʻlganida, Jagat Gosain kasal boʻlib qoldi va u qabul qilgan muolajalalar hech qanday taʼsir koʻrsatmadi. Nihoyat, u 1619-yil 9-aprelda Akbarobodda (hozirgi Agra) vafot etdi.

Muni Lalning soʻzlariga koʻra, Shoh Jahon onasining oʻlimidan shu qadar qaygʻuga botganki, u „Yigirma bir kun davomida u hech qanday ommaviy koʻngilocharga bormagan va shohona taomlarsiz oddiy vegetarian ovqatlar bilan kun kechirgan“. Arjumand Bonu esa sadaqa ishlarini shaxsan nazorat qilgan. Uch haftalik motam davrida kambagʻallarga har kuni ertalab Qur’oni karim tilovat qilib, „eriga hayot va oʻlimning mazmuni haqida koʻp gapirib berdi va undan qaygʻurmaslikni iltimos qilgan“.

Jahongir oʻlimidan soʻng barcha rasmiy hujjatlarda uni Bilqis Makani („Sof makon xonimi“) deb atashni buyurdi. Uning oʻlimi, Maryam-uz-Zamoniyning yoshi oʻtib qolishi bilan birga, Boburiylar saroyida Rajput taʼsirining pasayishiga olib keldi.

U oʻz xohishiga koʻra Nur Manzil (hozirgi Arjun Nagar, Agra) yaqinidagi Dehra Bogʻda dafn etilgan. Uning qabri har tomondan 78 futlik toʻrtburchak bino boʻlib, baland gumbaz, darvozalar, minoralar va kanton hududida joylashgan bogʻdan iborat edi. Bogʻning katta gumbazli yer osti xonasi boʻlib, unga toʻrtta egilgan yoʻlak tushadi. Eng quyida marmar kenotaf borligi taxmin qilinadi. Uning qabri ikkita platformada, biri ikkinchisidan balandda turardi. Birinchi platforma qabrdan 38 futga, ikkinchisi esa birinchisidan 44 futga choʻzilgan. Sharqiy tomonda 670 fut narida katta darvoza va gʻarbiy tomonda 657 fut masofada masjid bor edi. Qabr va darvoza, qabr va masjid oʻrtasida 42 fut kvadratning har ikki tomonida bittadan ikkita baland platforma joylashgan. Bularning barchasi 1832-yilda inglizlarga zarur boʻlgan joy va materiallarni saqlash uchun, tosh va gʻishtlar porox bilan portlatilgan.

1921-yilda Arxeologiya nazorati idorasida tayyorlangan dizayndan foydalanib, uning qabri joyini belgilovchi chhatri qurilgan. Chhatri aynan asl kript xonasi joylashgan joyda qurilgan. Chhatri qurilishi Burdvanning Maxarajadxiraja tomonidan moliyalashtirilgan va taxminan 200 rupiy (1921-yilda) xarajat qilgan. Chhatri „Chhatri imperator Jodxabay maqbarasi joylashgan joy“ yoki oddiygina „ Jodxabay Ki Chhatri“ nomi bilan mashhur.

Farzandlari



Jahongir bilan Jagatning uchta farzandi borligi tasdiqlangan:

1. Begim Sulton (1590-yil 9-oktabr, Lahor, Boburiylar imperiyasi — 1591-yil, sentabr, Boburiylar imperiyasi)

2. Muhammad Xurram (1592-yil 5-yanvar, Lahor, Boburiylar imperiyasi — 1666-yil 22-yanvar, Agra qalʼasi, Agra, Boburiylar imperiyasi, Agra, Toj Mahalda dafn etilgan)

3. Luzzat-un-Niso (1597-yil 23-sentabr, Kashmir, Boburiylar imperiyasi — tax. 1603, Ollohobod, Boburiylar imperiyasi)

Jagat Gosain boshqa farzand koʻrgan boʻlishi ham mumkin.

4. Shahryor Mirzo (1605-yil 16-yanvar, Agra, Boburiylar imperiyasi — 1628-yil 23-yanvar, Lahor, Boburiylar imperiyasi Lahorda dafn etilgan)

Yana qarang



1. Jagat Gosain Indu Sundaresanning mukofotga sazovor boʻlgan "Yigirmanchi xotin" tarixiy romani (2002) hamda uning davomi "Atirgullar bayrami" (2003) ning bosh qahramonidir.

2. Nayani Dixit EPIC kanalining „Siyaasat“ tarixiy dramasida Jagat Gosainni tasvirlagan. (Yigirmanchi xotini asosida)

3. Jagat Gosain — Tanushri Poddar tomonidan yozilgan „Nur Jahonning qizi“ (2005) romanidagi qahramoni.

4. Jagat Gosain — „Nurjahon: Jyoti Jafaning tarixiy romani“ romanidagi bosh qahramon.

5. Jagat Gosain — Nina Konsuelo Eptonning „Sevimli imperator Mumtoz Mahal: tarixiy roman“ romanidagi qahramon.

6. Jagat Gosain Jod Bay nomi bilan — Aleks Ruterfordning " Dunyo hukmdori " romani (2011) hamda uning " Moʻgʻul imperiyasi „ serialining davomi “Buzuq taxt" (2012) qahramoni.

7. Jagat Gosain Jodi Bay nomi bilan — Timeri Murari tomonidan yozilgan „Taj, Hindiston Mugʻallari haqida hikoya“ romanidagi qahramon.

8. Jagat Gosain Doordarshanning 2001-yilgi „Nurjahon“ teleserialining qahramoni boʻlgan.

Shajarasi




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz