Jagʻalboy
Jagʻalbayli , jagʻalboy - 1) oʻzbek urugʻlaridan biri. 19-asrning boshida oʻzbeklarning qipchoqlar, nayman, qurama va b. qabilalari tarkibida uchraydi. Oʻrta asrlarda aslida qabila boʻlgan. J. oʻzaro kurashlar natijasida yemirilib, kichik-kichik guruhlarga boʻlinib ketgan. Keyinchalik J.ga mansub kishilar bir qancha qabila va xalqlar tarkibiga qoʻshilib, oʻz nomini saqlab kelganlar. J.ning katta bir qismi qipchoqlar tarkibida qolib, Amir Temur va uning vorislari davrida (14—15-asrlar) Dashti Hipchoqdan Movarounnahrga va Shim. Afgʻonistonga koʻchib kelib oʻrnashgan. 19-asrning 70-y.larida J.ning katta bir guruhi Afgʻonistondan Samarqand viloyatining hozirgi Pastdargʻom tumaniga kelib oʻrnashdi. Oʻzbekiston hududidagi J.lar oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan; 2) qozoqlarning Kichik juz tarkibiga kirgan urugʻ nomi.
Manbalar
uz.wikipedia.org