Jaʼfar Irismetov
Jafar Tursumboyevich Irismetov (23.08.1976, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozirda futbol murabbiyi va funksioner.
Biografiyasi
Moskvaning "Spartak" jamoasi bilan birgalikda 2001-yilda „Hamdoʻstlik kubogi“ gʻolibi va Rossiya chempioni boʻlgan.
Oʻzining takidlashicha, Jafar faoliyatidagi eng yaxshi yillarini Qozogʻiston chempionatida oʻtkazgan.
2012-yil 5-yanvar kuni „Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi“ (IFFHS) oʻz faoliyatini davom ettirayotgan va milliy chempionatlarda eng koʻp gol urgan hujumchilar roʻyxatini eʼlon qilgan. Jafar Irismetov 428 oʻyinda 239 ta gol urib, reytingda 9-oʻrinni egallagan (2012-yil 5-yanvar holatiga koʻra).
Qozogʻistondagi faoliyati davomida Irismetov yuqori koʻrsatkichlari bilan ajralib turgan. Futbolchi umumiy hisobda Qozogʻiston jamoalari safida 149 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich har bir oʻyinda oʻrtacha 0,5 tadan golga toʻgʻri keladi.
2017-yil 26-oktabrda sport jurnalisti Viktor Xoxlyuk Qozogʻiston jamoalari toʻpurar-legionerlari klubini tuzgan. Klub nomi Qozogʻiston futbol klublari legionerlari orasida birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik hujumchi Nilton Mendez sharafiga qoʻyilgan. Irismetov Qozogʻiston jamoalari safida 75 ta gol urishga muvoffaq boʻlgan.
Yutuqlari
Klublardagi yutuqlari „Doʻstlik“ „Spartak“ (Moskva) „Paxtakor“ „Kayrat“ „Olma-Ota“ Shaxsiy yutuqlari
Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1996, 1997, 2000-yillar
Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2006, 2007-yillar
Bir mavsumdagi gollar hisobi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati rekordchisi: 45 ta gol
Nilton Mendez toʻpurarlar klubi aʼzosi (76 ta gol)
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org