Jaʼfar Hazzo
Jaʼfar Hazzo (vaf. 953) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Muhammad. Kovush, poyafzal tikib kun kechirgani uchun “Hazzo” nomi bilan mashhur boʻlgan. Roʻzbehon Baqliy Jaʼfar Hazzo Sherozdagi Bogʻi Nav mahallasida peshingacha kovush tikib, undan keyin tolibi ilmlarga 6 ta fandan saboq berganini aytadi. Abu Amr Istaxriy piru murshidi boʻlgan. Junayd Bagʻdodiy, Abubakr Shibliy, Ruvaym, Muʼammil Jassos va Abu Abdulloh Xafif Sheroziy bilan suhbatda boʻlgan.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org