Jaʼfar al-Mustagʻfiriy (Abul Abbos)
Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Muʼtazz ibn Muhammadibn al-Mustag‘fir ibn al-Fath ibn Idris al-Mutavviʼiy al-Jallob al-Mustag‘firiy (milodiy 961-yil (hijriy 350-yil)da tavallud topib, 1041-yil (432-yil)da vafot etgan) — fazilatli faqih, hamma ishni mukammal ado etadigan maʼrifatli, sermahsul va ishonchli muhaddis bo‘lgan. Hadis to‘plamlarini tuzgan, ajoyib kitoblar tasnif qilgan. Xurosonga borgan, Marv va Saraxsda bir muddat turgan. Nasaf va Buxoroda hadislar eshitgan. O‘sha davrda Movarounnahrda hadislarni tushunish va jamlash, kitoblar tasnif qilishda unga tengi bo‘lmagan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org