Jaʼfar al-Marogʻay
Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Horis al-Marog‘ay (Abu Muhammad) (milodiy 967-yil (hijriy 356-yil)da vafot etgan) Nishopurda yashagan. Damashq va boshqa shaharlarda hadis eshitgan. Hadis talabida ko‘p yurtlarni kezgan, hadis to‘plovchilarning eng g‘ayratlisi va eng ko‘p hadis yiqqanlardan hisoblanadi. Oltmishdan ziyodroq yil davomida o‘z qo‘llari bilan hadislar yozib, bu mashg‘ulotini vafot topgunga qadar davom ettirgan. Eng ishonchli va eng sobit inson bo‘lgan. Bag‘dod, Basra, Kufa, Ahvaz, Misr, Movsul, Asqalon va boshqa yurtlarni kezib hadis eshitgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org