Jacquees
Rodriquez Jacquees Broadnax (1994-yil 15-aprelda tugʻilgan), Jacquees taxallusi bilan tanilgan — Jorjiya shtatining Dekatur shahridan kelgan amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. 2015-yilda u Cash Money Records bilan shartnomasi imzoladi. Uning 2018-yildagi „B.E.D.“ singli Billboard Hot 100 chartida 69-o‘rinni egalladi. Uning „4275“ debyut albomi 2018-yil 15-iyunda chiqdi.
Karyera
2007-yilda Jacquees oʻzining birinchi menejeri Corey Battle bilan uchrashdi. U „Block Entertainment“ kompaniyasining bosh direktori va asoschisi bo‘lgan Rassell Spenser bilan tanishishdan oldin u turli isteʼdod shoularida ishtirok etgan. Jacquees prodyuserlikning bir qismi sifatida turli ovoz yozish studiyalarida ishlagan. „Block Entertainment“ kompaniyasining diqqat markazida rep va R&B edi. Jacquees keyinchalik „Block Entertainment“ning ovoz yozish studiyasida ishlay boshladi va atlantalik reper T.I. ishtirokidagi „Krazy“ treki bilan omma eʼtiboriga tushdi va mashxurlikka erishdi.
2014-yil 25-martda Jacquees mustaqil ravishda oʻzining ikkinchi albomini chiqardi, u AQSh Billboard Top R&B albomlarida 15-oʻrinni egalladi. Oʻn bitta trekdan iborat albomda Chris Brown, Rich Homie Quan, Lloyd va Trinidad Jamesning hamkorligi mavjud. 2014-yil 1-oktyabrda Jacquees Cash Money Records bilan ovoz yozish shartnomasini imzolaganini eʼlon qildi. 2016-yil may oyida u Lost at Sea nomli albomda Birdman bilan hamkorlik qildi. U Billboard Hot 100 roʻyxatida 69-oʻrinni egalladi.
2019-yil noyabr oyida u oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi „King of R&B“ni chiqardi. Albom Billboard 200 roʻyxatida 20-oʻrinda debyut qildi. Jacquees 2020-yil boshida albomni ommaga chiqarish maqsadida „King of R&B Tour“ga chiqdi.
Diskografiya
Studio Albomlar
Awards and nominations
Manbalar
uz.wikipedia.org